14 январ ватан химоячилари байрам сценарий

14-yanvar vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan senariylar to’plamini yuklab oling. Har yili ushbu kunni mamlakatimizda o’zgacha shukuh va zo’r

Tizimga kirish

Xush kelibsiz! Sizning hisobga tizimga

foydalanuvchi ismingiz

Parolni

Forgot your password? Get help

Parolni qayta tiklash

Parolni saqlab qolish

Sizning e-mail

Agar parol sizga e-mail orqali yuboriladi qilinadi.


bilimlar.uz

  • Abituriyentlar uchun hammasi
  • O’qituvchilarga
  • Imtihon 2022
  • Sherlar
  • Foydali resurslar
    • Testlar
    • Darsliklar
    • Dars ishlanmalar
    • Senariylar
    • O’quvchilarga
    • Ota-onalarga
    • Maqollar
    • Referatlar
    • Taqdimotlar
    • Foydali ma’lumotlar
    • Tarjimai hol
    • Biznes rejalar
    • Bola tarbiyasi
    • Ish reja 2021
    • Tush tabiri

Bosh sahifa Senariylar 14-yanvar vatan himoyachilari kuni senariylar to’plami

Tavsiya etamiz

Barcha fanlardan testlar to’plamini yuklab oling:

Abituriyent uchun foydali yangiliklar:

Barcha uchun, eng sara hayotiy, chiroyli, tasirli, manoli sherlar to’plami:

14-yanvar vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan senariylar to’plamini yuklab oling.

Har yili ushbu kunni mamlakatimizda o’zgacha shukuh va zo’r ishtiyoq bilan nishonlanib kelinadi. Quyidagi senariylar ana shunday tantanalarni tashkil etishda namuna vazifasini o’taydi. Bularning barchasi word formatda bo’lib materiallardan to’laqonli foydalanishingiz mumkin senariylarni yuklab olish uchun kerakni senariy ustiga bosing.

14-yanvar vatan himoyachilari kuni senariylar yuklab olish

  1. Vatan-himoyachilari-kuni-tadbir-dasturi
  2. Senga posbonmiz Vatan bayram tadbiri
  3. vatan himoyachilari bayram ssenariysi yuklab olish
  4. Vatan-himoyasi-muqaddas-burch-tadbir-senariysi
  5. vatan ulug burchimiz muqaddas
  6. Tinchlik-barqaror-bolsin-nomli-senariy
  7. Senga-posbonmiz-vatan-senariysi
  8. Mardlar-qoriqlaydi-vatanni-bayram-dasturi
  9. Ozbekiston-farzandlari-kelajak-posbonlari-senariysi
  10. Bizlar-kichik-askarlar-tadbir-senariysi
  11. 14-yanvar-vatan-himoyachilari-kuni-tadbir-ishlanmasi
  12. 14-yanvar-bayram-senariysi
  13. 4-yanvar-tadbiri-uchun-tavsiya
  14. 14-yanvar-tadbir-senariysi

Tavsiya etamiz: 14-yanvar vatan himoyachilari haqida sherlar to’plami

O’xshash mavzularYangi maqolalar

Zahiriddin Mahammad Boburning hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir senariylar

Tarix va Huquq fanlaridan fan oyligini o’tkazish tartibi, tadbir senariysi, dasturi

Alifbe va savodxonlik bayrami uchun senariylar to’plami

Yangi yil bayrami uchun senariylar to’plami

8-dekabr konstitutsiya kuni haqida ssenariylar to’plami

21-oktabr til bayrami uchun senariylar, sherlar, maqollar

Tavsiya etamiz

Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun ro‘yxatga olish boshlandi

OTM test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov e’lon…

Ona tili va adabiyoti va Rus tili fanlaridan milliy sertifikat test…

Kimyo Biologiya fanlaridan milliy sertifikat test namunalari

Fizika fanidan milliy sertifikat test namunasi

Matematika fanidan milliy sertifikat test namunasi

CEFR chet tili imtihonlari sanalari 2023-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan

CEFR Chet tili imtihoni uchun fevral oyi talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari sanasi…

Islom Karimov hayoti va faoliyati tarjimai hol

Ko’proq yuklash

  • Attestatsiya
  • Ertaklar to’plami
  • Ingliz tili darslari
  • Kitoblar
  • Maqollar
  • Olimpiada savollari
  • PISA testlar
  • Salomatlik sirlari

© 2020-2023, bilimlar.uz Все права защищены.

14-yanvar vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan bir necha senariylar to’plamini qabul qiling.

Har yili ushbu kunni ta’lim maskanlarida o’zgacha shukuh va zo’r ishtiyoq bilan nishonlanib kelinadi. Quyidagi senariylar ana shunday tantanalarni tashkil etishda namuna vazifasini o’taydi. Bularning barchasi word formatda bo’lib materiallardan to’laqonli foydalanishingiz mumkin.
14-yanvar kuniga bag’ishlangan tabrik va tilaklar to’plami kerak bo’lsa ushbu sahifaga o’ting: 14-yanvar vatan himoyachilari kuniga tabriklar va tilaklar to’plami

Получите набор сценариев, посвященный Дню защитника Отечества 14 января.

Каждый год этот день отмечается в учебных заведениях с особой торжественностью и большим воодушевлением. Следующие сценарии служат образцом для организации таких церемоний. Все это в формате word и вы можете в полной мере воспользоваться материалами.
Если вам нужен сборник поздравлений и пожеланий на 14 января, перейдите на эту страницу: Сборник поздравлений и пожеланий ко Дню защитников Отечества 14 января
Сценарий праздника 14 января.
Рекомендация к событию 14 января
День защитника Отечества 14 января.
Мы маленькие солдаты сценарий события
Праздничная программа «Герои защищают Родину»
Дети Узбекистана — сценарий будущих опекунов
Наш сценарий родины-хранителя для вас
Сценарий под названием «Пусть мир будет устойчивым»
Программа мероприятий Дня защитника Отечества
Защита Родины — сценарий события «Священный долг».

Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 14 январда қабул қилинган “Ватан ҳимоячилари кунини белгилаш тўғрисида”ги Қонунига биноан мамлакатимизда 14 январь – Ватан ҳимоячилари куни миллий байрам сифатида катта тантана билан нишонлаш ўзига хос анъанага айланган.


shermatov_sherzod_xotamovich

Бу бежиз эмас, албатта. Сизу бизнинг бугунгидек тинч, хотиржам хаётимиз куролли Кучларимиз томонидан ишончли тарзда химоя килинмокдаки, мана шундай масъулиятли бурчни сидқидилдан адо этаётган, тараққиётимиз барқарорлигига камарбаста бўлаётган ўғлонларимизни хар канча эъзозласак, кўкка кўтарсак, арзийди.

14-yanvar

Ана шундай фидойи фарзандлар бор экан, эртанги кунга ишончимиз хам юксалиб бораверади. Зеро, биринчи президентимиз алоҳида таъкидлаганидек, «… бугунги кунда Ўзбекистон амалда ўзининг замонавий, ихчам ва харакатчан, яхши қуролланган, мамлакатимиз барқарорлиги ва хавфсизлигини, сархадларимиз дахлсизлигини, халқимизнинг тинч ва осойишта хаётини ишончли ҳимоя қилишга қодир бўлган миллий армиясига эга, деб айтиш учун барча асосларимиз бор».


“14 январь – Ватан ҳимоячилари куни” муносабати билан таълим муассасаларида биринчи дарсни ўтказиш бўйича методик тавсия Юклаб олмоқ

“14 январь – Ватан ҳимоячилари куни” га бағишланган тадбир сценарийси Юклаб олмоқ

“14 январь – Ватан ҳимоячилари куни” га бағишланган «Биз кичик аскарлар» тадбир сценарийси Юклаб олмоқ

 

Ўхшаш мавзулар

🔥33.6 K марта кўрилди

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni uchun tadbir ssenariylari

14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni   va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

Ushbu sahifamiz orqali siz 14-yanvar kuni vatan himoyachilari kuni uchun kerak bo’ladigan tadbir ssenariylaridan namuna sifatida keltirilgan.Kerakli faylni ustiga bosish orqali bepul yuklab olishingiz mumkin.

14-Yanvar O`zbekiston askarlari ssenariy

14 yanvar mtm

“Vatan_himoyachilari”_mavzusida

VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Vatan-himoyachilari-kuni-tadbir-dasturi

Tinchlik-barqaror-bolsin-nomli-senariy

“Tinchlik barqaror bo’lsin” tadbir ssenariysi

Bayramona bezatitgan sahna. To’rda Vatanimiz himoyachilari, davlatimiz qurolli kuchlari aks etgan plakatlar va «Mardlar qo’riqlaydi Vatanni!», «14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni» singari shiorlar osilgan. Ichki ishlar xodimlari, mahalla posbonlari taklif etilgan. Marsh sadolari ostida ikki boshlovchi sahnaga chiqadi).

1-boshlovchi: — Assalomu alaykum, osuda hayotimizning posbonlari, hurmatli otaxonlar, mehri ummon onaxonlar, ustoz-murabbiylar! Sizni bugungi davramizning aziz mehmoni sifatida ko‘rib turganimizdan juda xursandmiz.

bu qiziq… Vatan himoyachilari kuni uchun she’rlar to’plami

2-boshlovchi: — Biz bugun 14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 0‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 23 yillik to’yini nishonlash maqsadida ushbu koshonaga yig’ildik.
E’tiboringizga «Bizlar — kichik askarlar» mavzusidagi tadbirni havola qilamiz.

1-boshlovchi: — Dunyoda «Vatan» so’zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi, vatan himoyachisi bo‘lishdan ortiq shon-sharaf ham yo‘q. Mazkur tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo’lib, asrlar osha ajdodlarimiz o‘gitlarida, xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlarida yashab kelmoqda.

2-boshlovchi: — Bu bayram — el-yurtga sadoqat bayrami. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining, kelajagi buyuk davlat barpo etayotgan 0‘zbekiston fuqarolarining tinch-osoyishta hayoti, bunyodkorlik yo’lidagi mehnati xavfsizligining kafolatidir.

1-boshlovchi: — Vatan himoyachisi deganda ko‘z o’ngingizda kimlar gavdalanadi?

1-o’quvchi: — Men muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan akamni ko‘z oldimga keltiraman.

2-o‘quvchi: — Kursantlarga harbiy bilim berib kelayotgan dadamni birinchi navbatda eslayman.

3-o’quvchi: — Hozirgi kunda nafaqadagi bobom ham vatan himoyachisi bo‘lgan.

4-o‘quvchi: — Vatan himoyachisi deganda ko’z o’ngimizda, eng awalo, qomatiga harbiy libos yarashgan, tug’ilgan yurti va oq sut bergan xalqini jondan sevuvchi, zamonaviy harbiy bilim va ko‘nikmalarga ega, tinchlik va barqarorlikni saqlashdek olijanob maqsad yo‘lida har qanday jasoratga tayyor mard va botir o‘g‘lonlar namoyon bo’ladi.

1-boshlovchi: — Har birimiz yaxshi xulq va a’lo baholarimiz bilan vatanga sodiq farzand ekanligimizni ko‘rsatamiz. Hozirgi videorolikda ham bunga guvoh bo’lamiz. («Vatanimga xizmat qilaman» videoroligi namoyish etiladi).

2-boshlovchi: — 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52- moddasida «0‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — 0‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar», deyilgan.

1- boshlovchi: — Vatan, vatan himoyasi haqida shoirlar ko‘p she’rlar bitgan. 0‘quvchilarimiz yod olgan ana shunday she’rlarni aytishadi. (Ular shoir Rauf Tolibning «O’zbek askari so’zi» nomli she’rini o’qishadi).

1-o‘quvchi:
Men askarman, doimo
Hushyorlik menga qurol.
Darrov sezaman, hatto
Shitirlasa, gar shamol.

2-o’quvchi:
Axir ona-Vatanim
Tikkan menga ko’zini,
Fido etib bu jonim,
Oqlayman yurt tuzini,

3-o’quvchi:
Qo’riqlayman el tinchin,
Tonglarning kulgusini,
Keksalar baxt, sevinchin,
Go’daklar kelgusini.

4-o’quvchi:
— Mustaqil ona-Vatan
Mening ko‘z qarog’imda.
Axir shu yurt, shu chaman,
O’stirdi quchog’ida,

1- boshlovchi: — Askar — mard, jasur, epchil, kuchli yigit degani. Sinfimizning o’g’lonlari
Vatanimizning bolajak posbonlaridir. Uiar hozir jasur askar bo’lish orzusida.

2-boshlovchi: — Ular ishtirokidagi sahna ko’rinishini tomosha qiling. (2010- yil 12- yanvarda poytaxtimizda ochilgan «Vatanga qasamyod» monumentining surati oldida o‘g‘il
bolalar daviatimiz timsoli — bayrog’imizni o‘pib, Vatan himoyasi uchun, qutlug’ zaminning har qarich tuprog’ini asrash uchun tayyorman, deb tiz cho‘kib qasamyod qilishadi. Sahna ko’rinishi tugagach, bo’lajak askarlar 0‘zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymonning «Askarlar» nomli jangovar qo‘shig‘ini aytib chiqib ketadilar).

Boshqalar o’qimoqda…

1- boshlovchi: — Bugungi kunda nafaqat mard yigitlar, balki jasoratli qizlar ham Vatan himoyasi, el kori uchun bel bog’lab xizmat qilmoqda. Ular haqida sinfimiz qizlari she’r yod olishgan. Marhamat!

1-o’quvchi:
To’marisning avlodlari asli sizlar,
Oybarchinday shijoatli, shahdli qizlar.
Qasamyodga sodiq qutlug’ ahdli sizlar,
El posboni libosini kiygan qizlar.

2-o‘quvchi:
Baxtlisizlar kun-tun elga tinchlik so’rab,
Lekin doim yurolmaysiz o’ynab-yayrab.
Yurtni ko‘proq sevgim kelar sizga qarab,
El posboni libosini kiygan qizlar.

3-o’quvchi:
Yelkangizda yulduzchalar porlab turar,
Sizni mudom yorug’likka chorlab turar.
Siz kulganda osoyishta olam kular
El posboni libosini kiygan qizlar.
(«Ko’pkari» raqsi).

1-boshlovchi: — Biz To‘maris, Spitamen, Jaloiiddin Manguberdi, Amir Temur kabi dovyurak
sarkardaiarning vorislarimiz. Ishonch bilan aytamizki, bobolarimizga munosib, Vatanimizga sodiq farzand
bo’lamiz.

2-boshlovchi: — Tadbirimizga tashrif buyurgan ichki ishlar xodimlariga so‘z navbatini beramiz. (Ular ogohlik, tinchlikning qadriga yetish kerakligi haqida gapirishadi).

1-boshlovchi: — Bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi. Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug1 sana — Vatan himoyachilari kuni va 0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 22 yilligi bilan chin qalbdan yana bir bor muborakbod etamiz.

2-boshlovchi: — Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo’lsin.

 Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! Bayramingiz muborak. azizlar!!!  

Biringiz o’g’ilsiz, biringiz yorsiz
Biringiz inimiz, ishda hamkorsiz.
Og’irimiz engil kilib doimo,
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz.
Muhtojlik sezamiz himoyangizga,
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va ko’kka sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz hamsoyangizga.

Tavsiya etamiz : tadbir senariylar to’plami

manba.

  • O‘smir qizlarga tavsiyalar
  • Faqat qizlar o‘qisin: Yigitlar uylanishni istamaydigan QIZLAR
  • Erkaklar gapirishni istamaydigan, ammo indamay aziyat chekadigan muammo
  • Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?

DO`STLARGA ULASHING:

VATAN HIMOYACHILARI KUNI – TADBIR SENARIYSI
Mavzu:          O’zbekiston farzandlari,
Kelajak posbonlari
O’quvchilar: Vatan Tinchlik  qo’rg’oni,
Har bir o’g’lon uning posboni.
O’qituvchi: Assalomu- alaykum hurmatli ustozlar, mehribon tarbiyachilar. Bugungi tarbiyaviy soatimiz 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlanadi. Barcha vatandoshlarimizni bu bayram bilan muborakbod etamiz. Tarbiyaviy soatimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
Madhiya yangraydi.
1-o’quvchi: Salom sizga yurak to’ridan
Davramizga yig’ilgan do’stlar
Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,
Deymiz sizga hush kelibsizlar.
2-o’quvchi: Salomim sizga ahli Turondan
Dardga malham bo’lgan har aziz jondan
3-o’quvchi:Assalomu alaykum elim, xalqimga
Ta’zim qilay qo’llarimni qo’yib ko’ksimga.
4-o’quvchi:Assalomu alaykum aziz mehmonlar ,
Qadamida gul ungan qalbi ummonlar.
5-o’quvchi:Vatanini jondan sevgan,
Bu diyorda baxti kulgan,
Salom deymiz sizga dildan,
Izhor etaylik chin ko’ngildan.
O’quvchi: Otamiz ochgan eshik
Onamiz quchgan beshik
Qay birimiz gul ekdik
Qay birimiz kul sochdik.
Ko’zingni och ey inson
Vatan mezbon biz mehmon
Vatansiz valiylar ham
Yashagan ko’ngil kemtik
Yashasak bu dunyoda
Vatan uchun yashaylik
O’zbekiston atalmish
Chaman uchun yashaylik.
“O’zbekiston qo’shig’i” ijro etiladi.
1-o’quvchi: Ikki daryo o’rtasida barq urgan Turon,
Olloh bergan boyliklarga ko’p ellar xayron
2- o’quvchi:Yaxshilarning dillarida ezgu o’y-fikr,
Ayrim ochko’z xukmronlar qilar ming fikr
3- o’quvchi:Kuch adolat mezonidir degan bobomiz,
Bobolarning o’gitidan quvvat olgaymiz
O’qituvchi: Darhaqiqat buyuk bobomiz Amir Temur ikki daryo oralig’ida ulkan davlat barpo etdilar.Bu davlatning dovrug’i ko’p ellarga yetib bordi. Buyuk davlati o’rniga oradan talay vaqt o’’tib bizning mustaqil O’zbekistonimiz qad ko’tardi va1991 yil 1 sentabrda O’zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi. Endi bizning vatanimiz ozod ellar qatorida hur va mustaqil bo’ldi. Bolalar o’zi Amir Temur kim edi?
O’quvchilar: Amir Temur bobomiz,
Mard va jasur bobomiz.
Jangu jadallar kezgan,
Ulug’ davlat yurt tuzgan.
Abadiy o’chmas nomi
Dilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon
Sizni ulug’ bobojon.
1- o’quvchi: To’marislar,Shiroqlarning qonidan tomgan
Necha-necha mard o’g’lonlar jonini bergan,
Tog’larida bobolarning izlari qolgan
Mustaqillik mangu bo’lsin ona diyorim.
2- o’quvchi: Qadim Turon berding ko’plab olim, dononi
Xorazmiy-u, Beruniy-u, Ibn Sinoni
Butun qalbim bilan tinglay o’tmish sadoni
Istiqloling qutlug’ bo’lsin aziz Turonim.
3- o’q-chi: Sening sonsiz boyliklaring dushmanga yoqdi                                       Gohi g’arbdan, gohi sharqdan yog’iylar oqdi
O’zbegimning ko’zlaridan ko’z yoshlar oqdi
O’g’lonlaring seni asrar O’zbekistonim,
Istiqloling mangu bo’lsin aziz Turonim.
O’qituvchi: Mustaqilligimiz mangu bo’lishi , Vatan tinchligini saqlash uchun O’zbekiston Respublikasi xarbiy qo’shinlari o’z yurtlarini dushmanlardan himoya qilishni oldilariga vazifa qilib qo’ydilar. Sodiq qolish uchun qasamyod etdilar. Savol-javob o’tkaziladi.
1-o’quvchi: Qoyalaru dalalardan chegaramiz o’tadi
Balkim biron pastqam yerda
Dushman poylab yotadi.
Vatanini xarbiylar dushmanlarga talatmas
O’z yurtini sevganlar g’animlarni yo’latmas.
2- o’quvchi: Bepoyondir osmonimiz
Tiniq, zilol suvimiz,
O’zbekiston ravnaq topsin
Shudir orzu o’yimiz
Vatanimga qasd qilganlar
Niyatiga yetolmas
Mustahkamdir chegaramiz
Biron dushman o’tolmas.
O’qituvchi: Vatanimiz mustaqil deb e’lon qilingandan beri, O’zbekistonning dushmanlari borligiga hech kim ishonmas edi. Ming afsuski Vatanining ravnaqini , xalq ozodligini ko’rolmaydiganlar ham uchrab qoldi.1996 yil 16 fevralda Toshkentda terrorchilar harakati amalga oshirildi. Buning natijasida ko’plab vatandoshlarimiz xalok bo’ldilar. Ko’p joylar vayron bo’ldi. Bu singari nodonlik va nonko’rliklarni xalqimiz qattiq qoraladi. Yana 1999 yil va 2000 yil yozda O’zbekiston chegarasida terorchilar tomonidan notinch bo’ldi. Shu yil Vatan himoyachilaridan bir qanchasi bevaqt xalok bo’ldilar. Biz bu Vatandoshlarimiz bilan faxrlanamiz va ularning porloq xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Ta’zim qilishadi.Siz ham kelajakda yurt tinchligiga hissa qo’shasiz deb o’ylayman.Chunki:
1-o’quvchi: Yigitlar xalqlarning maqtovi, ko’rki.
Naslning javhari , davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to’ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
2- o’quvchi: Yigit omon bo’lsa xavfu xatar yo’q
Qalqon bor, qal’a bu , qo’rg’on salomat,
Yigitlar kulgusiga avju daromod
Go’dak uyqusida rohat- xalovat.
O’qituvchi: Siz bugun Alpomish, Amir Temurga
Munosib nabira, mard, jasur o’g’lon
Ajdodlar pok ruhi qo’llasin sizni
Sizga tayanadi hur O’zbekiston.
Xarbiy qo’shiq ijro etiladi.
1- o’quvchi: Vatan bag’rin yashnatib, gulzor etib,
Yuraklarni bir umr bedor etib,
Bosh ko’tarsa yovlarni tor-mor etib,
Tinchlik uchun metin qo’rg’on bo’laylik
Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.
2- o’quvchi: Bu hur kunlar asli doril-omondir,
Bobolarim orzu qilgan zamondir
Kimga darmon , kimlargadir armondir,
Shukronalar aytib , shodon bo’laylik
Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.
3- o’quvchi:  Temur bobom bizni doim qo’llagay
Jaloliddin jasoratga yo’llagay
Ajdodlarning matonati o’lmagay
Biz ularga sodiq o’g’lon bo’laylik
Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.
4-o’quvchi:     Vatandosh mag’rur tutgin boshingni,
Vatan ishqi yoqsin bor vujudingni,
Asray bilgin istiqlol quyoshingni,
Hur tug’ildik, hurki inson bo’laylik
Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.
O’qituvchi: Aziz bolajonlar bilasizmi Vatan himoyasi uchun biz bir tanu bir jon bo’lishimiz kerak.
Sahna ko’rinishi- “Ota va yeti o’g’il”.
1-o’quvchi:        Ona yurtim bebaho o’lkam
Sening sodiq farzandlaring bor
Biror dushman gar qadam qo’ysa,
Daydi itday bo’lajakdir xor.
2-o’quvchi:       O’g’lonlaring noming taratsin
Po’lat, Artur, Muhammad Qodir
Dono rahbar bosh bo’lgan ellar
Doim erur zafarga qodir.
3-o’quvchi:     O’zbekiston asrasin olloh
O’g’lonlaring gavhardek saqlar
Vatan bergan non hamda tuzni
Bir umrga farzandlar oqlar.
4-o’quvchi:      Vatan uchun jonini bergan
Omon bo’lsin botir o’g’lonlar
Vatanimiz mustahkam bo’lsin
Ko’z tikmasin also yomonlar.
O’qituvchi:   Vatandan qarzi bo’lar farzand deganning
O’zining ramzi bo’lar har bir maskanning
Ho’sh nima degaysiz, ramzi Turonning
Paxta-bug’doy barakasi O’zbekistonning
Boshida kulib turar quyoshi uning
Nuri bor keksayu- yoshida uning
G’ubordan holidir zangor osmoni
Yam-yashil jannatdek bog’-u bo’stoni
Har doim shukurim bildirib qo’yib,
Yashayman pokiza yurtda Vatanda
Takrorlayman har kun fidoyiligim
Bag’ishlay borimni Vatanim uchun.
Raqs.
O’zbekning o’g;lonlari botir bo’lsin, mard bo’lsin.
Vatan uchun shahidlarning poylaridan gul unsin.
O’z yurtiga jonin fido qilganlarga ming rahmat
Ular nomi yuraklarda o’chmas deymiz toabad.
Shu bilan Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab tayyorlagan tarbiyaviy soat  o’z nihoyasiga yetdi.Asrlar osha Vatanimiz qudrati yanada yuksalaversin, hayotimiz farovon bo’lsin, va biz o’quvchilarimiz, ya’ni bolajonlarimiz bilan birgalikda shunday deymiz:
O’zbekiston bu dunyoda yagona deymiz,
Ko’zimizning qarog’iday xo’p ardoqlaymiz.
Vatan haqida qo’shiq bilan yakunlanadi.

Aim.Uz

VATAN HIMOYACHILARI KUNI – TADBIR SENARIYSI

Mavzu:          O’zbekiston farzandlari,

Kelajak posbonlari

O’quvchilar: Vatan Tinchlik  qo’rg’oni,

Har bir o’g’lon uning posboni.

O’qituvchi: Assalomu- alaykum hurmatli ustozlar, mehribon tarbiyachilar. Bugungi tarbiyaviy soatimiz 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlanadi. Barcha vatandoshlarimizni bu bayram bilan muborakbod etamiz. Tarbiyaviy soatimizni ochiq deb e’lon qilamiz.

Madhiya yangraydi.

1-o’quvchi: Salom sizga yurak to’ridan

Davramizga yig’ilgan do’stlar

Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,

Deymiz sizga hush kelibsizlar.

2-o’quvchi: Salomim sizga ahli Turondan

Dardga malham bo’lgan har aziz jondan

3-o’quvchi:Assalomu alaykum elim, xalqimga

Ta’zim qilay qo’llarimni qo’yib ko’ksimga.

4-o’quvchi:Assalomu alaykum aziz mehmonlar ,

Qadamida gul ungan qalbi ummonlar.

5-o’quvchi:Vatanini jondan sevgan,

Bu diyorda baxti kulgan,

Salom deymiz sizga dildan,

Izhor etaylik chin ko’ngildan.

O’quvchi: Otamiz ochgan eshik

Onamiz quchgan beshik

Qay birimiz gul ekdik

Qay birimiz kul sochdik.

Ko’zingni och ey inson

Vatan mezbon biz mehmon

Vatansiz valiylar ham

Yashagan ko’ngil kemtik

Yashasak bu dunyoda

Vatan uchun yashaylik

O’zbekiston atalmish

Chaman uchun yashaylik.

“O’zbekiston qo’shig’i” ijro etiladi.

1-o’quvchi: Ikki daryo o’rtasida barq urgan Turon,

Olloh bergan boyliklarga ko’p ellar xayron

2- o’quvchi:Yaxshilarning dillarida ezgu o’y-fikr,

Ayrim ochko’z xukmronlar qilar ming fikr

3- o’quvchi:Kuch adolat mezonidir degan bobomiz,

Bobolarning o’gitidan quvvat olgaymiz

O’qituvchi: Darhaqiqat buyuk bobomiz Amir Temur ikki daryo oralig’ida ulkan davlat barpo etdilar.Bu davlatning dovrug’i ko’p ellarga yetib bordi. Buyuk davlati o’rniga oradan talay vaqt o’’tib bizning mustaqil O’zbekistonimiz qad ko’tardi va1991 yil 1 sentabrda O’zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi. Endi bizning vatanimiz ozod ellar qatorida hur va mustaqil bo’ldi. Bolalar o’zi Amir Temur kim edi?

O’quvchilar: Amir Temur bobomiz,

Mard va jasur bobomiz.

Jangu jadallar kezgan,

Ulug’ davlat yurt tuzgan.

Abadiy o’chmas nomi

Dilimizda kalomi.

Unutmaymiz hech qachon

Sizni ulug’ bobojon.

1- o’quvchi: To’marislar,Shiroqlarning qonidan tomgan

Necha-necha mard o’g’lonlar jonini bergan,

Tog’larida bobolarning izlari qolgan

Mustaqillik mangu bo’lsin ona diyorim.

2- o’quvchi: Qadim Turon berding ko’plab olim, dononi

Xorazmiy-u, Beruniy-u, Ibn Sinoni

Butun qalbim bilan tinglay o’tmish sadoni

Istiqloling qutlug’ bo’lsin aziz Turonim.

3- o’q-chi: Sening sonsiz boyliklaring dushmanga yoqdi                                       Gohi g’arbdan, gohi sharqdan yog’iylar oqdi

O’zbegimning ko’zlaridan ko’z yoshlar oqdi

O’g’lonlaring seni asrar O’zbekistonim,

Istiqloling mangu bo’lsin aziz Turonim.

O’qituvchi: Mustaqilligimiz mangu bo’lishi , Vatan tinchligini saqlash uchun O’zbekiston Respublikasi xarbiy qo’shinlari o’z yurtlarini dushmanlardan himoya qilishni oldilariga vazifa qilib qo’ydilar. Sodiq qolish uchun qasamyod etdilar. Savol-javob o’tkaziladi.

1-o’quvchi: Qoyalaru dalalardan chegaramiz o’tadi

Balkim biron pastqam yerda

Dushman poylab yotadi.

Vatanini xarbiylar dushmanlarga talatmas

O’z yurtini sevganlar g’animlarni yo’latmas.

2- o’quvchi: Bepoyondir osmonimiz

Tiniq, zilol suvimiz,

O’zbekiston ravnaq topsin

Shudir orzu o’yimiz

Vatanimga qasd qilganlar

Niyatiga yetolmas

Mustahkamdir chegaramiz

Biron dushman o’tolmas.

O’qituvchi: Vatanimiz mustaqil deb e’lon qilingandan beri, O’zbekistonning dushmanlari borligiga hech kim ishonmas edi. Ming afsuski Vatanining ravnaqini , xalq ozodligini ko’rolmaydiganlar ham uchrab qoldi.1996 yil 16 fevralda Toshkentda terrorchilar harakati amalga oshirildi. Buning natijasida ko’plab vatandoshlarimiz xalok bo’ldilar. Ko’p joylar vayron bo’ldi. Bu singari nodonlik va nonko’rliklarni xalqimiz qattiq qoraladi. Yana 1999 yil va 2000 yil yozda O’zbekiston chegarasida terorchilar tomonidan notinch bo’ldi. Shu yil Vatan himoyachilaridan bir qanchasi bevaqt xalok bo’ldilar. Biz bu Vatandoshlarimiz bilan faxrlanamiz va ularning porloq xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Ta’zim qilishadi.Siz ham kelajakda yurt tinchligiga hissa qo’shasiz deb o’ylayman.Chunki:

1-o’quvchi: Yigitlar xalqlarning maqtovi, ko’rki.

Naslning javhari , davlat tayanchi,

Yurtning obodligi, to’ylar sababi,

Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.

2- o’quvchi: Yigit omon bo’lsa xavfu xatar yo’q

Qalqon bor, qal’a bu , qo’rg’on salomat,

Yigitlar kulgusiga avju daromod

Go’dak uyqusida rohat- xalovat.

O’qituvchi: Siz bugun Alpomish, Amir Temurga

Munosib nabira, mard, jasur o’g’lon

Ajdodlar pok ruhi qo’llasin sizni

Sizga tayanadi hur O’zbekiston.

Xarbiy qo’shiq ijro etiladi.

1- o’quvchi: Vatan bag’rin yashnatib, gulzor etib,

Yuraklarni bir umr bedor etib,

Bosh ko’tarsa yovlarni tor-mor etib,

Tinchlik uchun metin qo’rg’on bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

2- o’quvchi: Bu hur kunlar asli doril-omondir,

Bobolarim orzu qilgan zamondir

Kimga darmon , kimlargadir armondir,

Shukronalar aytib , shodon bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

3- o’quvchi:  Temur bobom bizni doim qo’llagay

Jaloliddin jasoratga yo’llagay

Ajdodlarning matonati o’lmagay

Biz ularga sodiq o’g’lon bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

4-o’quvchi:     Vatandosh mag’rur tutgin boshingni,

Vatan ishqi yoqsin bor vujudingni,

Asray bilgin istiqlol quyoshingni,

Hur tug’ildik, hurki inson bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

O’qituvchi: Aziz bolajonlar bilasizmi Vatan himoyasi uchun biz bir tanu bir jon bo’lishimiz kerak.

Sahna ko’rinishi- “Ota va yeti o’g’il”.

1-o’quvchi:        Ona yurtim bebaho o’lkam

Sening sodiq farzandlaring bor

Biror dushman gar qadam qo’ysa,

Daydi itday bo’lajakdir xor.

2-o’quvchi:       O’g’lonlaring noming taratsin

Po’lat, Artur, Muhammad Qodir

Dono rahbar bosh bo’lgan ellar

Doim erur zafarga qodir.

3-o’quvchi:     O’zbekiston asrasin olloh

O’g’lonlaring gavhardek saqlar

Vatan bergan non hamda tuzni

Bir umrga farzandlar oqlar.

4-o’quvchi:      Vatan uchun jonini bergan

Omon bo’lsin botir o’g’lonlar

Vatanimiz mustahkam bo’lsin

Ko’z tikmasin also yomonlar.

O’qituvchi:   Vatandan qarzi bo’lar farzand deganning

O’zining ramzi bo’lar har bir maskanning

Ho’sh nima degaysiz, ramzi Turonning

Paxta-bug’doy barakasi O’zbekistonning

Boshida kulib turar quyoshi uning

Nuri bor keksayu- yoshida uning

G’ubordan holidir zangor osmoni

Yam-yashil jannatdek bog’-u bo’stoni

Har doim shukurim bildirib qo’yib,

Yashayman pokiza yurtda Vatanda

Takrorlayman har kun fidoyiligim

Bag’ishlay borimni Vatanim uchun.

Raqs.

O’zbekning o’g;lonlari botir bo’lsin, mard bo’lsin.

Vatan uchun shahidlarning poylaridan gul unsin.

O’z yurtiga jonin fido qilganlarga ming rahmat

Ular nomi yuraklarda o’chmas deymiz toabad.

Shu bilan Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab tayyo rlagan tarbiyaviy soat  o’z nihoyasiga yetdi.Asrlar osha Vatanimiz qudrati yanada yuksalaversin, hayotimiz farovon bo’lsin, va biz o’quvchilarimiz, ya’ni bolajonlarimiz bilan birgalikda shunday deymiz:

O’zbekiston bu dunyoda yagona deymiz,

Ko’zimizning qarog’iday xo’p ardoqlaymiz.

Vatan haqida qo’shiq bilan yakunlanadi.

Vatan himoyasi — muqaddas burch mavzuidagi bayram tadbir ssenariysi


14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan

“ VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH ” mavzuidagi bayram tadbir ssenariysi.

Yuklab olish

Tadbir maktab sahnasida yoki, zalda o’tkazishga mo’ljallangan. Sahnada “Senga posbonmiz Vatan”, “O’g’lon, bilib qo’yki, seni Vatan kutadi!”, “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” singari shiorlar ilingan.

                   Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.

   1-boshlovchi:   Assalomu alaykum, hurmatli va aziz o’qituvchilar! Hamda maktabimiz o’quvchilari. Vatanimizning mard va jasur o’g’lonlari! Shunqor yigitlari.

   2-boshlovchi:     Assalomu alaykum, tadbirimizda ishtirok etayotgan, davramizga fayz qo’shib turgan qadrli ustozlar hamda mo’tabar mehmonlar!

Vatan himoyachilari kuniga bag’ishshlab o’tkazilayotgan « SENGA POSBONMIZ VATAN » deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz.    

   1-boshlovchi: Mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana — Vatan himoyachilari kuni va Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi bilan chin qalbdan barchangizni tabriklaymiz. Tadbirni ochib berish uchun 17-maktab direktori      P.ga so’z navbatini beramiz.                                                                                                                

             ELIMNING VIJDONLARIMIZ.

1-o’quvchi.          

ADOLAT QUROLU, HUSHYORLIK SHIOR,

PO’LATDAY MUSTAHKAM   IYMONLARINGIZ.

YURT UCHUN, XALQ UCHUN ICHGANSIZ QASAM.

BAG’RIKENG   ELIMNING VIJDONLARISIZ.

2-o’quvchi.            

SIZDA BOR HALOLLIK , MARDLIK-MATONAT,

QALBLARDA MUJASSAM IRODA, BARDOSH.

SEZGIRSIZ, CHAQQONSIZ SHU VATAN UCHUN,

G’ANIMGA SHAFQATSIZ, DO’STLARGA YO’LDOSH.

O’QUVCHILAR.  

VATAN TINCHLIK QO’RG’ONI, HAR BIR O’G’LON UNING POSBONI.

“Milliy armiyamiz mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir”                                                                                                                               ( Islom Karimov )

JANGOVAR   HARAKATLAR.       (7-“B”sinf o’g’il bolalari)

1-BOSHLOVCHI.   Xarbiylarimiz tun-u kun qo’lni qo’lga berib, xattoki jonlarini ham fido qilib ona zaminlarini sarhatlarini daxlsizligini himoya qilib kelishmoqda. Har yili 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni sifatida nishonlanib kelmoqda. Bu nafaqat xarbiylarga balki yurtimizdagi barcha o’g’il bolalarni bayramlari.

2-BOSHLOVCHI.   Ona yurtni sevish, uni ko’z qorachig’idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish bu yo’lda hatto o’z jonini tikish mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o’g’ilning burchidir. Endi navbatni 7-“B’sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishiga e’tiboringizni qaratamiz.  

                             MILLIY GVARDIYAM.

Qadamlar shiddati-mardlikdan darak

Yorqin orzulardan lovullar yurak.

Milliy gvardiyam-g’ururim,faxrim.

Qutlug’ qadamlaring bo’lsin muborak!

Milliy gvardiyam-shavkatim-shonim,

Vatanu xalqimga sodiq qalqonim.

Bir jonu tan bo’lib asraymiz mudom, 

Aziz O’zbekiston-Tinchlik qo’rg’onim!

Poyingda muqaddas Vatan tuprog’i,

Boshingda hilpirar Hurlik bayrog’i.

Sen borsanki, elim yashar tinch –omon,

Nurlarga burkangay yurtning har yog’i.

Saflaringda botir o’g’lonlaring bor,

Yurtim degan mardu maydonlaring bor.

Vatan mehrin dilga mayoq aylagan,

So’nmas shijoatu tug’yonlaring bor.

Olamni lol etmish kuchu qudrating,

Yovqur ajdodlardan olgan ibrating.

Zafaru shonlarga chulg’anib o’tar,

Har kuning, har tuning, har bir fursating.

Milliy gvardiyam-shavkatim-shonim,

Yurtga, Yurtboshimga sodiq qalqonim,

Bir jonu tan bo’lib asraymiz mudom, 

Aziz O’zbekiston –Tinchlik qo’rg’onim!

QIZLAR IJROSIDA RAQS.   (Leytenant)

       1-boshlovchi.   Diqqat qiling, sahnaga bo’lajak Vatan posbonlarini taklif qilamiz. ( sahnaning o’ng tomonidan shahdam qadamlar bilan bir qator saf tortgan bolalar “Ona Vatanim O’zbekistonim” qo’shig’ini kuylab chiqib kelishadi.  

                   Ona Vatanim O’zbekistonim.

                         Safda yuramiz yo’llar titratib,

                         Ona Vatan seni qo’riqlab.

                         Ona Vatanim heeeyyy O’zbekistonim.

                         Ona Vatanim O’zbekiston.

                         Qo’limda qurol chegarada shay,

                         Ko’zimni yummay seni qo’riqlay.

                         Ona Vatanim heeeyyy O’zbekistonim.

                         Ona Vatanim O’zbekistonim.

Qo’shiq tugashi bilan “To’xta” degan buyruqomuz ovoz eshitiladi. Ular turgan joyidan uch marta depsinib, keyin to’xtashadi. Sahnaga yuzlanib, o’ngga buril degan “buyruq’ beriladi. Keyin uch qadam orqaga degan ovoz yangraydi. Hamma buyruqqa mos ravishda orqaga tisarilib, sahnaga yuzlanib tizilib turishadi.

VIDEO ROLIK NAMOYISH ETILADI. (Shuhrat Zokirov “Tinchlik timsoli”)

Sahna ko’rinish.

Yuqori sinf o’quvchilari ishtirokida kichik sahna ko’rinishi ijro etiladi.

Sahnaga yelkasiga yuk xalta ilib olgan sport kiyimidagi o’smir yigit va boshiga oq ro’mol tashlagan onaxon birga yetaklashib chiqib kelishadi.

Ona: — O’sib-ulg’ayib, hash-pash deguncha Vatan koriga, el xizmatiga yaraydigan yigit bo’lib yetilganingni sezmay qolibman.

O’g’il: O’zimning, mehribon oyijonim. Baxtimga siz, dadam, ukalarim omon bo’lsanglar, menga shuning o’zi yetadi. Mendan sira xavotir olmanglar.

Ona: — O’g’lim, bilsang, harbiyda xizmat qilish hammaga ham nasib etavermaydi. Komandirlaringdan biri aytdi, chaqiriq yoshidagi yigitlarning hammasi ham test sinovlaridan o’ta olishmas ekan. Har o’ntasidan bittasi muddatli harbiy xizmatga jo’natilyapti ekan. Men sen bilan faxrlanaman. _      

O’g’il: — Oyijonim, men sizlarning yuzingizni yerga qaratmayman. «Vatan himoyachisi» degan nomga sodiq bo’lib, xalqimizga, yurtimizga sidqidildan xizmat qilaman. Axir Vatanni mardlar qo’riqlaydi-ku.

Ona: — Rahmat, bolajonim! Oy borib, omon qayt! Yaxshi xizmat qilib, bergan tuzimni oqla. Biz seni kutamiz.

O’g’il: — Xayr, onajon! Albatta, avvalo Vatanimga, keyin sizga munosib o’g’lon bo’laman. (Keyin sahnaga yuzlanib) — Aziz ukalarim! Yaxshi o’qib, a’lo bilim oling! Sport bilan ko’proq va astoydil shug’ullaning! Ana shundagina qaddi-qomatingizni ko’rganda hammaning havasi keladigan sog’lom va baquvvat, gap-so’zlari bama’ni, Alpomish kelbat mard o’g’lonlar bo’lib ulg’ayasiz. Vatanga axir nimjon, kasalmand yigitlar emas, mardu maydonlar kerak!

HARBIY QASAMYOD.

ASKAR MAKTUBI. VIDEO LAVHA   (SAHNA KO’RINISH).

   1-boshlovchi.   1992 yil 14 yanvarda mamlakatimiz hududidagi harbiy qism va bo’linmalar davlatimiz tasarrufiga o’tkazilgan edi. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.

       2-boshlovchi.   O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bob, 52-moddasida, XXVI bob 125-126 moddalarida O’zbekiston Respublikasini himoya qilish, O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining muqaddas burchidir deb yozib qo’yilgan.                  

         VATANIMGA HIZMAT QILAMAN.

                       O’g’loniman Turon yurtning,        

                    Ozod, obod, bo’ston yurtning.

                     O’zi beklar zurriyotiman,

                     Vatanimga xizmat qilaman.

                     Tinchlik uchun jonimni berib.

                     O’z postimda mardona turib.

                    Vatanimga xizmat qilaman,

                     Sohibqiron Amir Temurday.

                     Jahongashta Mirzo Boburday,

                     Haq yo’lida og’ishmay birday.

                     Vatanimga xizmat qilaman.

                          SHE’R.

                     Kimdir cho’pak otsa o’zbek nomiga,          

                     Tegadi g’ururning baland tomiga.

                     Yurak zirillaydi, ko’zda chaqnar o’t.

                     Tortadi alamli oylar domiga.

                                         Shukurkim, yurt –el tinch, but qo’rg’onlari.    

                                         Sarhadini tutgan alp o’g’lonlari

                                         Bolasin beshikda quchgan kelinchak.

                                         Tuprog’in sevgan bobojonlari.

                     Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,        

                     Bir bog’ bor, bir gulshan, bitta chamanzor.

                    Oh, mening yuragim jon O’zbekiston.

                     Mening muabbatim aks etgan diyor.

                                           Ko’taring boricha bu el shanini,        

                                           Ko’rsating dunyoga   bor imkonini.

                                          G’ayurlarning dami ichida qolsin,

                                           E’zozlab olishsin tilga nomini.

1- BOSHLOVCHI:   Mana, 26 yildirki, mamlakatimiz Vatan himoyachilari kunini milliy bayram sifatida nishonlamoqda. Bu bayram el-yurtga sadoqat bayramidir. Bu bayram o’z mohiyat-e’tibori bilan avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni, O’zbekiston ahlining jangovar soha namoyondalariga bo’lgan chuqur ehtiromini aks etgiradi.

2- BOSHLOVCHI: Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining, kelajagi buyuk davlat barpo etayotgan O‘zbekiston fuqarolarining tinch-osoyishta hayoti, bunyodkorona mehnati xavfsizligining kafolatidir. 8-9-10 –SINF O’QUVCHILARINI MUSOBAQAGA CHORLAYMIZ.

1-SHART.   Tosh ko’tarish.

2-SHART.   Arqon tortish.

VIDEO LAVHA NAMOYISH ETILADI.   (VATAN UCHUN)

                                        KAPITAN.

1-O’QUVCHI.     Karvonboshi suyangaydir,    

                             Siz- mardlarga.

                             Siz bermaysiz elingizni,“Chang-gard” larga.

                             Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan.

                             Siz jasursiz hamda mag’rursiz kapitan!

2-O’QUVCHI.   Orzuingiz omon bo’lsa bo’ldi Vatan,        

                           Siz shu yurtning ahdi baland o’g’lonisiz.

                           Siz borsiz-ki, behavotir qo’rg’onimiz.

                           Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan,

                           Siz borsiz-ki hadigimiz yo’q, kapitan!

                                       ASKARLARGA.

Ko’kka yetar bo’yingiz bor,      

Hali qancha uyingiz bor.

Vatanimning shunqorlari.

Ham nomusi, ham orlari.

         Askarlikni burchim degan,          

         Adolatda kuchim degan.

         Dushmanda bor o’chim degan.

         Vatanimning shunqorlari.

         Ham nomusi, ham orlari.

             7-“B” SINF O’G’IL BOLALARI TOMONIDAN

Yakka ovoz:     Bir, ikki, uch.

Hamma;           Saflarimiz zich.

Yakka ovoz:     Baland bo’lsin parvozing.

Hamma:           Samolarda uch.

Yakka ovoz:     Bir, ikki, uch.

Hamma:           Doim zafar quch.

Yakka ovoz:   Qudratimiz qoshida.

Hamma:           Dushman makri puch.

Yakka ovoz:     Bir, ikki, uch.

Hamma:           Tanga sig’mas kuch.

Yakka ovoz;   Vatan uchun ko’ksimiz.

Hamma:         Qalqon va qilich.

Yakka ovoz:   Bir, ikki, uch.

Hamma;         Olam bo’lsin tinch.

Yakka ovoz;   Ona yurtni qo’riqlash.

Hamma:         Eng muqaddas burch!

1-BOSHLOVCHI. 2010-yil 12-yanvarda poytaxtimizda ochilgan “Vatanga qasamyod” monumenti o’zida ana shunday chuqur hayotiy falsafani, teran ma’no-mazmun ifoda etadi.

2-BOSHLOVCHI. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu betakror majmuani bir ko’rgan odam, yuragi jizillab, uning ma’nosini tushunib, anglab, bu haykalni avvalambor Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat madhiyasi, el-yurt himoyachisi bo’lgan fidoyi insonlarga qo’yilgan go’zal badiiy obida sifatida qabul qiladi.

                                   O’ZBEK O’G’LONI.

                         Yurtimning mardona qo’rqmas posboni,    

                         Ko’z nuri, qalb nuri, jo’sh urar qoni.

                         Vatanim tayanchi, metin qo’rg’oni

                          Bayraming muborak, o’zbek o’g’loni.

                         Tinch yurtning yashnagay baxtu iqboli,

                         Osmonni yoritgay quyosh, hiloli.

                                               G’ururing saqlagay yurt istiqloli,              

                                               Bayraming muborak, o’zbek o’g’loni.

                                               Ota-onang baxtiga doim bo’lgin sog’,

                                               O’zbeklar nomiga tushirmagin dog’

                                               O’zbeksan, g’ururing bo’lsin misli tog’,

                                               Bayraming muborak, o’zbek o’g’loni.

VIDEO LAVHA.   (OZODBEK   NAZARBEKOV “MENDIRMAN’)

                            ER YIGIT.

Er yigitning ko’nglida egarlagan ot yotar,      

Qadam qo’ysa zulmatga izlarida tong otar.

Butun millat yukiga yelka tutar er yigit.

Er yigitning nomusi millatini uyg’otar,

Burgut kabi shiddatli, sadaf tish kabi bir saf.

Siz hurlik tomondasiz, siz ona xalqim taraf.

                         To bor ekan yurtimning sizdek bek yigitlari.

                         Har o’smir yuragida o’sar oriyat, sharaf.

                         Tunni mavh etgan kabi quyoshning zar ziyosi,

                       Jasoratga yetaklar jo’mardlik tarbiyasi.

                         Temuriy shijoatu pokiza niyat bilan.

                         Yurt tinchligin qo’riqlar ozod yurt armiyasi.

QO’SHIQ   IJRO ETILADI.       (VATAN)

MUSIQALI SAHNA KO’RINISHI.

                                 OMON BO’LGIN O’ZBEGIM OMON.

Ta’rifingdir tillarda doston, 

Lol bo’libdi senga keng jahon.

Mehnating-la kun ko’rding har on. 

Omon bo’lgin O’zbegim omon.

Qadamingdan chechaklar unsin,

Osmoningda Quyosh, Oy kulsin.

Omon bo’lgin O’zbegim omon. 

 Ezguliklar jon-taningdadir,

Ajdod yodi qon-qoningdadir.

Vatan mehri jon-joningdadir.

Omon bo’lgin O’zbegim omon.

Istiqloling muborak bo’lsin,

Omborlaring g’allaga to’lsin.

Farzandlaring qalqoning bo’lsin,

Omon bo’lgin O’zbegim omon.

MUSIQALI SAHNA KO’RINISHI.     (SERJANT BO’LAMAN).

1-BOSHLOVCHI.     Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik xalqimizning eng katta boyligidir. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida barpo etilgan milliy armiyamiz bu ulug’ ne’matning ishonchli kafoloti bo’lib xizmat qilmoqda. Mana, bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetib boryapti.

2-BOSHLOVCHI.   Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana-vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 26 yilligi bilan chin qalbdan yana bir bor muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, yaxshi kayfiyat, o’qish va ishlaringizda omad yor bo’lishini tilaymiz. Xonadonlaringizga fayzu baraka arimasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi

1-boshlovchi:  Assalom, ey olam, musaffo osmon,

Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.

Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,

Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.

2-boshlovchi:   Assalom azizlar, do‘st-u yoronlar

Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,

Oltin boshingizda Humo qush ko‘rdik

Bugungi tadbirda, sizni xush ko‘rdik.

2-boshlovchi: Yana bir bor assalom-u alaykum, aziz mehmonlar va aziz ustozlar.Sizlarga bugungi “Ona Vatan posbonlari” nomli tadbiriga xush kelibsiz deymiz.1992-yilning 14-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘grisda”gi qarori asosida O‘zbekistonning o‘z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29- dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risi”dagi qonuniga binoan, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”,- deb e’lon qilindi.

1-boshlovchi:Mustaqillik yillari O’zbekiston Resoublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbuslari bilan amalga oshirlgan harbiy islohotlar jarayonida, qisqa muddat ichida, O‘zbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va tinchligimiz barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir bo‘lgan, zamonaviy, eng yangi qurol-yarog‘lar va harbiy texnika bilan ta’minlangan, mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi.

2-boshlovchi:Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida  shaklangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bo‘lgan muhabbati va yurtga sadoqati mujassamdir.Biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.   

1-boshlovchi:Keling endi bir guruh qizlarimizdan Vatan posbonlariga bag’ishlangan chiroyli she’r tinglasak: O‘zbegimning nomus, ori

Oriyatli askarlari.

Momolarim iftixori

Burgutmisol shunqorlari.

Toza vijdon, iymonlari,

Ona Vatan posbonlari.

-O‘tkir ko‘zli lochinlari,

Ko‘zday asrar sarhadlarin.

Uyda kutar Barchinlari,

Alpomishu Farhodlarin.

Qaddi baland osmonlari,

Ona Vatan posbonlari.

— O‘zbekiston chaman diyor,

Yashnar bog‘u bo‘stonlari.

“Oq oltin” mo‘l-ko‘l, bisyor,

Unda tinch-totuv xalqni

Qo‘riqlaydi o‘g‘lonlari,

Ona Vatan posbonlari

Armiyasi kuchlidir

Ular zarbin ko’rsaydir,

Dushman joni qaqshaydir,

Shunday o’g’lon bo’lgaydir

Mustaqil yurt farzandlari

Ona Vatan posbonlari

Onalarning suyanchi,

Otalarning ishonchi.

Butun xalqning tayanchi,

G’urur,iftixor burchi.

Asragaydir yurtini,

Ona Vatan posbonlari.

Siz borsiz-ki,xalqim tinchdir.

Siz borsiz-ki,Vatan go’zaldir.

Siz borsiz-ki,olam charog’on,

Bor bo’lgaysiz har doim,

Yurtning mard,jasurlari,

Ona Vatan posbonlari.

 

2-boshlovchi:Aziz mehmonlar,hozir biz ota-onaning farzandini tantanali qasamyodiga   tashrifi haqida kichik bir sahna ko’rinishni guvohi bo’lamiz.

Sahnada musiqa yangaraydi.Ota-ona gul bilan o’g’lini tabriklashga tashrif buyuradi.Musiqa ostida harbiy yigit qasamyod qilishga chiqadi:

Qasamyod

-Men(familiyasi,ismi,otasining ismi)O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman,xalqimga,Prezidentimga sodiq bo’lishga tntanali ravishda qasamyod qilaman.

Men O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasini muqaddas bilib,ularg rioya etishga,harbiy nizomlarni,komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so’zsiz bajarishga,harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga,halol,jasur va sergak jangchi bo’lishga qasamyod qilaman.So’ngi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi bo’lib qolishga,harbiy xizmatning butun mashaqqat va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga,davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlshga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.

Jonajon O’zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo’lishga qsamyod qilaman.Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam qonunlarda belgilangan jazoga xalqning nafratiga mubtalo bo’lay.

Sahnada yana musiqa yangraydi va ota-ona o’g’lini tabriklaydi:

Ona:   -O’g’il bo’lsa,shunday bo’lsin, so’zi keskir,

Qadamida o’t chaqnagan, zarbi o’tkir,

Yurt koriga yaraydigan, o’zi abjir,

Sen-la qancha faxrlansam arziydi

O’g’lim,seni xalqim sevsa qaniydi.

Ota:    -O’z vaqtida bo’ldim juda qattiq qo’l,

Istagim shul,yurt koriga madad bo’l.

Gar yurting tinch,o’zing tinch,men ham tinch

Bunda esa sen o’g’lim xushyor bo’l!

Xonadonim o’g’loni,Vatanimiz posboni.

Yana musiqa ostida ona o’g’liga gul beradi va sahnadan chiqib ketishadi.

1 -boshlovchi: Endi, hademay Vatan himoychisi degan nomga sazovor bo’ladigan va buni intiqlik bilan kutayotgan bir guruh yigitlardan chiroyli she’rlar tinglasak.Marhamat:

Biz uchun eng aziz dunyo  o‘zingsan,

Oy-u quyoshimiz, Zuhro  o‘zingsan,

Muqaddas Ka’ba-yu Rumo  o‘zingsan,

Muhrimda porlagan humo  o‘zingsan.

Qalbimiz qa’rida shu o‘tli nido;

Vatanga jonni biz eturmiz fido!

Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,

Vatan martabasi baland, zabardast,

Ko‘zday asragaymiz seni har nafas,

Insoniy ilmdan oldik senda dars.

Jon gavhari bildik seni jon ichra,

Abadiiy ravnaq top, shu jahon iсhra!

Tinchligimiz buzolmas g’anim                   Erkakman deb ko’ksiga urgan

Dildan quving shubha gumonni                  El baxtini baxt deb yurgan

Vatan uchun tikib jon tanim                        Qadamidan o’t chaqnagan

Mardlar qo’riqlaydi O’zbekisonni.              Mardlar qo’riqlaydi O’zbekisonni

Xalqi ozod harko’ngil obod                        Bir bor ichar er o’g’lonlar qasam

Gullab borar kundan-kun hayot                  Qaytmas ortga kelsa  bori g’am

Ajdodlarga munosib avlod                          Mard Vatanni asrab o’zi ham

Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni             Mardlar qo’riqlaydi O’bekistonni

Munavvar tong chiroin asrab              Yigit yo’li xatarsiz bo’lmaydi

Yurting tuni-oqshomin asrab              Mardi bor elning boshi egilmaydi

Dilbar qizlar oromin asrab                 Nomard qoni 40 yilda ham qo’shilmaydi

Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni     Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni

Yigit boshi har dam bo’lsin sog’ omon

U bor ekan bizda osuda jahon

Tinchligimiz mangu bo’lsin batamom

Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni

Sizda orom qayda,sizda dam qayda          Sizni uchratadi tog’da,dalada

Siz to’yib uxlagan bitta tun qayda             Xizmatda hamisha qorda,jalada

El-yurt oromin asragan zotlar                  Sizga sabot bersin,sizga kuch bersin

El mehri asrasin sizni har joyda                Buyuk zotlar ruhi shunday pallada

Har kunoftob bilan sog’ko’rishgaysiz

Uydan omon chiqib,omon qaytgaysiz

Rizqingiz baland bo’lsin,ko’ksingiz ulug’

Xalq sevgan buyuk inson bo’lgaysiz

Bobolar kalomi tilimda doim                    Qancha bahorlar o’tdi,yozlar o’tdi

Sen uchun yuragim qo’limda doim           Osmonlarni to’ldirib g’ozlar o’tdi

Sog’inaman yurgan yo’limda doim           Dildagi behuda g’uborlar o’chdi

Vatan yagonasan dilimda doim                 Vatan yagonasan dilimda doim

Bu yorug’ olamning jannatlari bor           To dunyo bor ekan hamisha bor bo’l

Mard va jasur farzandalari br                   Temurning yurtisan doim tojdor bo’l

Joningga jonimni payvandlari bor            Poyingga bahshida jonimga yor bo’l

Vatan yagonasan dilimda doim                Vatan yagonasan dilimda doim

2-boshlovchi:  Muzaffar,eslaysizmi,endigina 1-sinfga qadam qo’yganimizda siz o’g’il bolalar sinfxona eshigidan “ur-yiqit” qilib,biz qizlarni turtib, qo’pollik qilardingiz.Bu sir emas,hammaga tanish manzara.

1-boshlovchi:  Bunday hollarda, oddiygina tanbehni o’zi bilan bizlarning qalbimizda yigitlik g’ururini,or-nomusini uyg’otish,tartibga chaqirish mushkul edi,

2-boshlovchi:  Lekin,yaxshi tarbiya olgan bola ta’lim jarayonida ham namunali bo’ladi.Qolaversa,usozlarimiz uchun insoniy fazilatlarga ega bo’lmagan,ona-yurti tinchligi uchun qayg’urmagan,o’zligini anglamagan,g’urur,or-nomus tuyg’ularidan yiroq bo’lgan o’smirlarni voyaga yetkazish dehqonning bir umr quduq qazib,suv chiqara olmasligi bilan barobar.

1-boshlovchi:  Ana shunday paytda,bizga kuchlarimizni “ur-yiqitga”emas, balki o’z uyimizni,oilamizni,ota-onamizni,opa-singillarimizni himoya qilishga sarflashimiz kerakligini uqtira olgan,erkalig-u injiqliklarimizni ko’tarib,bizni to’g’ri yo’lga boshlagan ustozlarimizdan bir umr minnatdor bo’lishimiz kerak.

2-boshlovchi:Endi esa sinfimiz qizlaridan chiroyli raqs tomosha qilsak:

Sahnada raqs

Boshlovchilar bir necha yigitlarni sahnaga taklif qilib,savollar beradilar:

1.O’zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari qachon tashkil topgan?

(1992 yil 14-yanvar)

2.Harbiy jang san’atini puxta egallagan buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?  (Jaloliddin Mangu berdi,Amir Temur,Bobur)

3.A,Temur Lashkar tuzishda va navkar tanlashda nimalarga e’tibor qaratgan?

(Chapdastligiga va aql-zakovatiga)

4.Vatan ozodligi yo’lida jonini fido qilgan buyuk bobolarimizdan kimlarni bilasiz?

5.Chingizxonni hayratda qoldirgan buyuk xorazmlik sarkarda kim?(J.M)

6.Sizga biroz hazilona savol beramiz.Mabodo,sehrli qalpoqchani topib olsangiz nima qigan bo’lrdingiz?Javob:Bu savolni kichkinaligimda bersangiz boshqacha javob bergan bo’lardim,Hozir esa ochilmagan jnoiy ishlarni ochishga yordam berib,Vatanim tinchligi yo’lida o’z hissamni qo’shgan bo’lar edim.

7.Yigit kishi qanday bo’lishi kerak?(Bir so’zli,oilasining suyanchig’i)

1-boshlovchi:Endi esa sahnada sinfimiz yigitlari   harbiy musiqa ostida jangavor mashqlarni namoyish etadilar.

Tadbir so’ngida so’z maktab direktori F.P.Rahmanovga beriladi.

“Buyuk allomalar siymosi” tadbir ssenariysi

Hamma birgalikda:

Buyuk siymolar haqqi hurmatin etmoq bajo

Bashar avlodi uchun qiyomatli qarz erur

Allomalar siymosin aylamak dillarga jo

Ajdodlardan minnatdor avlodlarga farz erur

1-B: Assalom,ey davramizning eng aziz mehmonlari

Assalom,ey ilmu fanning sohibu-davronlari

Assalom,ustozlar,ham fikrdosh o’rtoqlar

Kechamizga xush kelibsiz,barcha tengdosh o’rtoqlar

2-B: Assalomu alaykum aziz mehmonlar,mo’tabar ustozlar,qadrli tengdoshlar.

1-B: Mana bugun biz,buyuk bobolarimiz ruhlarini shod aylash maqsadida,ya’ni g’azal mulkining sultoni A.Navoiy tavalludining 575 yilligi,Z.M.Bobor tavalludining 533 yilligi va vatandoshimiz,beqiyos o’zbek olimi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy tavalludining 1233 yilligiga bag’ishlab”Buyuk allomalar siymosi” deb atalmish kamtarona tadbir tayyorladik.

Asrlar ortidan kelar asrlar

Unitalar o’tmish ko’p sirlar

Ammo,yaratilgan fan asoslarin

Asrda asrga eltar nasllar.

Go’zal Xorazmdan,ma’mun elidan

Xorazmiy,Beruniy avlodlaridan

Xivadagu asriyt gumbazlardan ham

Men keltirdim,otashin salom

Qo’li ko’ksimdadir,salom assalom

2-B: Navbat Guli va Navoiy obrazidagi kichik sahna ko’rinishiga:

Sahnada kichik lavha ko’rsatiladi.

1-B: Endi Z.M.Bobur ruboiylaridan tinglaymiz.

2-B: Hammamizga ma’lumki,fevral oyi matematika,informatika vachiz- machilik oylaridir.Shu munosabat bilan,biz bu tadbirimizni nafaqat allo- malar siymosiga ,balki riyoziyot,ya’ni matematika ham bag’ishladik.

Bir kun ilmu donishga bermishlar shunday savol:

-Bayon aylang,ey ustoz,agar kelmasa malol

Nechun ilmu fozillar qizdirar hisob bahsin,

Hatto “fanlar shohi” deb unga o’qishar tahsin,

Nahot umum basharga zarurdir riyoziyot?

Javob izlab ul donish bir daqiqa o’y surmish,

Riyoziy bilimlarning tadbiqin o’ylab ko’rmish.

Va debdiki:-Tinglangiz,sizga etay hikoyat.

Ne sabab hisob ardoqlanar bag’oyat,

Ne sababdin basharga zarurdir riyoziyot!

Irsiyat qonunlarin ilmiy o’rgatmoq uchun,

Ko’payish qonunlarin ilmiy o’rnatmoq uchun,

Zamonaviy talabga mos kelsinchun tibbiyot,

Dorishunoslik ilmi,xullas jonli tabiat-

Ko’p foyda bersin uchun zarurdir riyoziyot.

Atmosfera sofligi,toza suv muammosin,

Suv osti jonivorlar,dengiz ko’llar havosin.

O’simliklar dunyosin zamin uzra tartibin,

Yer osti-ustidagi boyliklarning taqdirin-

Ongli hal etmoq uchun zarurdir riyoziyot.

Bir-biridan go’zal “Tiko”,”Damaz”,”Nexiya”ni

Zamonaviy va ko’rkam elektron soatni,

Ming bir rangda tovlanib ishlar oynai jahon

Uy ro’zg’or ashyolardan bisyor olam jahonni

Paydar-pay kashf etmoqqa zarurdir riyoziyot.

2-B: Endi navbat geometrik atamalarga bag’ishlangan she’riy tarzdagi topishmoqlarga:

1.Tekislikda turamiz,yursak birga yuramiz

Ammo bilgin ikkovlon,kesishmaymiz hech qachon.

Biz kesishgan on go’yo,o’zgaradi keng dunyo

Ayting qanday chiziqmiz,qarang juda qiziqmiz?

2.To’g’ri burchak hosil qilib,tekislikda turamiz.

Qani ayting do’stlarim,biz qanday chiziqlarmiz?

Tekislikda kesishib biz,bo’ldik uni 4 bo’lakka

Bundan har ikkitasin,o’ylab nomin topingiz.

Oramizda bitta devor,juda yaqin qo’shnilarmiz.

Yig’indimiz 180 gradus,biz qanday burchaklarmiz?

Ikki nuqta tekislikda,gerdayib-la turamiz.

Qani ayting bizlardan, necha chiziq o’tkazasiz?

Men bir yolg’iz tekislikda,hech kimi yo’q nuqtaman.

Najot izlab keldim sizdan,ayting necha to’g’ri chiziq o’tar mendan?

1 o’quvchi: Jahonning buyuk matematiklaridan bo’lgan Al-Xorazmiy, 783-yilda Xorazmda tug’ilganlar.Ular 0 dan 9 gacha bo’lgan raqam- lardan barcha sonlarni hosil qilish mumkiligini va ular ustida amallar bajarish qulayligini ko’rsatib berganlar.Keling ular ijodidan lavha tomosha qilsak:

Al-Xorazmiy:-Assalomu alaykum,azizlarim.Men sizlarga manabu ikkita asarimni tanishtirmoqchiman.Bu birinchi kitobim bo’lib,u uch bo’limdan iborat.Birinchi bo’limi algebraga,ikkinchi bo’limi geometri- yaga,uchinchi bo’limi esa meros bo’lish masalalariga bag’ishlangan.

Ikkinchi kitobim “Hisob al Hind” deb nomlangan bo’lib,unda 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar ustida amallar bajarish qay darajada qulayligini ko’satganman.Raqamlarni o’zlaringiz eshitib ko’ringlar:

0- Necha asrdan buyon ,biz do’stimiz insonni

1-Qutlamoq uchun keldik,bugun barcha mehmonni

2-Biz o’nta pahlavonmiz,sir asrorga makonmiz

3-Necha-necha jumboqni hal etgan qahramonmiz

4-Biz bilan hisob-kitob qilgan diyor Hindiston

5-beshinchi asrdayoq ishlar edik,tez,oson

6-Ustoz Xorazmiy bizga atab asar yaratdi

7-shu asar dong’imizni keng olamga taratdi

8-Bu merosni o’rganing,ustoz ruhin shod eting

9 — Ma’rifat bo’stonini yashnating,obod eting!

(Oxirgi satrni hamma birgalikda aytadi)

1 o’quvchi: Jiddiy o’y,fikrdan charchagan onda

Bir fursat musiqaerurdir joiz

Musiqaga moyillik bo’lsa insonda

Asablarga davo bo’lar 100%

Sahnada raqamlar raqsi.

Sahnaga 8 ta o’quvchi chiqib she’r aytishadi:

Bundoq boqsam zamonga,tarix o’tmish tomonga

Moziydagi bobomlarni mashhurligini bildim.

Mo’g’ullarga bas kelgan,Chingizxonni pas qilgan

Tengsiz bobom Jaloladdin,Mag’rurligini bildim.

Ilm fanda tengi yo’q,maqtay desam cheki yo’q

She’riyatning sultoni,Navoiyligini bildim

Olloh b ergan bizga bir fan,buni dunyo olgan tan,

Fanlar ichra matematika,ilohiyligini bildim.

Butun dunyoni qaratgan,algoritmni yaratgan

Al-Xorzmiy raqamlari o’chmasligini bildim.

Barcha ishlar ayon xudoga,ilm ahli ustoz der kubroga

Buyuk Xorazm beshigingda,valilaringni bildim.

Puryorvali pahlavon,Jorulloh Zamaxshariy

Xalqimyo’lida porloq,yulduzlaringni bildim.

O’tdi qancha allomalr,yana tug’iar buyuklar

Bunda bizdek tirishqoq,farzandlaringni bildim.

1 o’quvchi;  Riyoziy hazildan eslab baimkon,

Birlashib o’qiylik uch-to’rt sahifa.

Sizlarga aytaylik boricha imkon,

Bilmasvoy hayotidan uch-to’rt latifa.

Bilmasvoyning izohi:

2-o’quvchi: O’qituvchi sinfda, uy ishlarin tekshirdi

Kimningdir ishin maqtar,kimgadir tanbeh berar.

3-o’quvchi:              Bilmasvoyning ishini ko’rarkan, o’yga toldi

Xatolar ko’pligidan,rosa taajubda qoldi

Dediki:”Shuncha xato qilolmaydi bir odam!”

Bilmas dedi:”Bir menmas, ishni bajargan onam.

Qiynalgan joylarida qarashvorganlar otam”.

Geografiya darsida:

4-o’quvchi: Bilmas darsda doim gung,kallada yo’q hech vaqo.

Shu bois yo’q jurnalda,birorta tuzuk baho.

Domla:        Domla osonroq, deya,shunday savol so’radi:

-Yer sharsimon ekanin,isbotlab berchi,-dedi.

Qo’rqib ketgan bilmasvoy,shundoq javob qaytardi:

-Domla,yerning sharsimon,ekanini bilmasman.

Tadbir yakunida hamma o’quvchilar birgalikda quyidagi she’rni aytadilar:

Dunyoning tilagi,samari ham biz

Aql ko’zin qarosi ,gavhari ham biz

Agar jahonni uzuk deb bilsak

Shaksiz uning o’zi,gavhari ham biz.

Понравилась статья? Поделить с друзьями:
  • 14 сентября праздники день парикмахера
  • 14 фея какой праздник
  • 14 февраля это языческий праздник
  • 14 сентября праздник покрова
  • 14 сентября праздник междусобойщиков